24/04/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida import hajmi 8,1 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.

Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 29,8 % ga o‘sgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston 135 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.

2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar (AQSH dollarida):

 — Xitoy – 2,8 mlrd;

 — Rossiya – 1,4 mlrd;

 — Qozog‘iston – 677 mln;

 — Koreya Respublikasi – 306,1 mln;

 — Turkiya – 259,8 mln;

 — Germaniya – 182,6 mln;

 — Hindiston – 179,3 mln;

 — Belarus – 144,3 mln;

 — Turkmaniston – 121,5 mln;

 — AQSH – 98,6 mln.

photo_2026-04-23_11-15-18_p99129

Tugmani bosing Tinglash GSpeech