Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda kasaba uyushmasi tashabbusi bilan ishchi-xodimlarning mazmunli hordiq chiqarishi, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida qadimiy va betakror Samarqand shahriga ichki turizm sayohati tashkil etildi.

Sayohat davomida xodimlar yurtimizning bebaho tarixiy merosini o‘zida mujassam etgan muqaddas va muhtasham maskanlarda bo‘lishdi. Jumladan, Hazrat Xizr majmuasi, Shohi Zinda majmuasi, Bibi-Xonim masjidi, Registon maydoni, zamonaviy Samarqand City hamda yangilangan Imom al-Buxoriy majmuasi majmualari ziyorat qilindi.

Ushbu sayohat nafaqat maroqli hordiq, balki boy tariximizni chuqur his etish, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan merosga bo‘lgan hurmat va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Xodimlar sayohatdan ko‘tarinki kayfiyat, yorqin taassurotlar va unutilmas xotiralar bilan qaytishdi.



