31/03/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 11,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 767,4 mln AQSH dollariga yoki 7,1 foizga oshgan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:

Eksport – 3,5 mlrd

Import – 8,1 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (27,5 %), Rossiya Federatsiyasi (18,3 %), Qozog‘iston (7,2 %), Turkiya (3,6 %) va Koreya Respublikasi (2,7 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.

ex-im_p99920

Tugmani bosing Tinglash GSpeech