Har bir xalqning o‘ziga xosligi, avvalo, uning urf-odatlari, an’analari va milliy liboslarida namoyon bo‘ladi. Asrlar davomida shakllangan kiyinish madaniyati xalqning yashash tarzi, tabiiy sharoiti hamda estetik qarashlarini o‘zida aks ettirib, uning boy ma’naviy merosidan dalolat beradi.

Shu bois milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni keng targ‘ib etish va jamiyatda estetik didni yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida ham ushbu ezgu an’anani qo‘llab-quvvatlash maqsadida haftaning bir kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, xodimlar ushbu kunda milliy liboslarda ish faoliyatini olib borishmoqda.




