Statistika boshqarmasi xodimlari milliy liboslarda ish jarayonida faoliyat olib borib, milliy qadriyatlarimiz va zamonaviylik uyg‘unligining yorqin namunasini namoyon etdi. An’anaviy kiyimlarning kundalik mehnat faoliyatiga tatbiq etilishi milliy madaniyatimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborning amaliy ifodasi ekanligini ko’rsatadi.


Shuningdek, jamoa ishtirokida “Kinokarvon” loyihasi doirasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyishi tashkil etildi. Filmda shoir yashagan davrning ma’rifiy-adabiy muhiti, uning ustozlari, zamondoshlari va boy adabiy merosi keng yoritilgan.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir jamoada milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosimizga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.




