13/02/2026

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining anʼanaviy — xonadonma-xonadon yurib maʼlumot yigʻish bosqichi izchil davom etmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Navoiy viloyati, Karmana tumani “Doʻrmon” MFY hududida ham roʻyxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Mahalla yettiligi xodimlari xonadonma-xonadon yurib, roʻyxatdan oʻtmagan yoki onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayonida xato va kamchiliklar bilan toʻldirilgan maʼlumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech