06/02/2026

Joriy yilning 6-fevral kuni buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va boy ijodiy merosi, uning jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’ruzalar qilindi.

Muloqot jarayonida Alisher Navoiy asarlarining milliy ma’naviyat va madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni, unda ilgari surilgan adolat, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi yuksak insoniy fazilatlar bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab kelayotgani alohida ta’kidlandi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar buyuk mutafakkir merosini chuqur o‘rganish hamda milliy qadriyatlarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech