23/01/2026

Yoshlarning IT yo‘nalishiga qiziqishini oshirish, kompyuter savodxonligini rivojlantirish va raqamli ta’limni kengaytirish maqsadida umumta’lim maktablarida “Statistika sinflari” tashkil etildi.

Xususan, Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Navoiy shahar 6-maktab va Karmana tumani 12-maktabga zamonaviy kompyuterlar, interaktiv panel, shkaf va stol-stullar to'plami yetkazib berildi.

“Statistika sinflari” o‘quvchilarda statistik madaniyatni shakllantirish, raqamli savodxonlikni oshirish va dasturlashga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech