09/01/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida joylarda tadbirga tayyorgarlik va targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

2026-yilning 9-yanvar kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Viloyat statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan xodimlar uchun maxsus o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsadi, vazifalari hamda mazkur jarayonning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi, jarayon bosqichlari va tizimdan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi hamda ro‘yxatga olish jarayonining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishdi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech