Joriy yilning 6-yanvar kuni Navoiy shahar statistika bo‘lim boshlig‘i H. Qarshiboyev tomonidan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri”ga tayyorgarlik jarayonlari doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Navoiy shahar aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirok etdi.

Unda ro‘yxatga olish jarayonining maqsad va vazifalari, ro‘yxatga oluvchilar zimmasiga yuklatiladigan mas’uliyatlar, so‘rovnomalarni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda to‘ldirish tartibi hamda savollarga to‘g‘ri va aniq yondashuv masalalari batafsil tushuntirildi.




