16/12/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 150,8 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 13,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi esa 18,4 % ni tashkil etgan.

Hududlar kesimida transport xizmatlarining hajmi:

Qoraqalpog‘iston Resp. — 3,9 trln so‘m

Andijon viloyati — 7,1 trln so‘m

Buxoro viloyati — 6,2 trln so‘m

Jizzax viloyati — 2,2 trln so‘m

Qashqadaryo viloyati — 6,1 trln so‘m

Navoiy viloyati — 3,1 trln so‘m

Namangan viloyati — 5,3 trln so‘m

Samarqand viloyati — 11,5 trln so‘m

Surxondaryo viloyati — 3,1 trln so‘m

Sirdaryo viloyati — 1,2 trln so‘m

Toshkent viloyati — 10,9 trln so‘m

Farg‘ona viloyati — 8,9 trln so‘m

Xorazm viloyati — 5 trln so‘m

Toshkent shahri — 33,7 trln so‘m

transport_p79308

Tugmani bosing Tinglash GSpeech