Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga Navoiy viloyatida 20,8 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Shundan 18,3 mingtasi yoki 87,6 foizini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etadi.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha TOP-5 hudud:
Navoiy shahri – 5 236 ta;
Karmana tumani – 3 396 ta;
Qiziltepa tumani – 2 739 ta;
Xatirchi tumani – 2 119 ta;
Navbahor tumani – 1 962 ta.




