Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 29 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,8 % ga yuqori.
Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan TOP-10 davlatlar (AQSH dollarida):
— Rossiya – 3,6 mlrd
— Xitoy – 1,6 mlrd
— Qozog‘iston – 1,2 mlrd
— Afg‘oniston – 1,2 mlrd
— Turkiya – 942,4 mln
— Fransiya – 774,3 mln
— BAA – 610,8 mln
— Qirg‘iz R. – 491,5 mln
— Tojikiston – 470,9 mln
— Pokiston – 319,7 mln
Raqamlar yaxlitlangan.




