2025-yilning yanvar–oktabr oylarida Navoiy viloyati korxonalari tomonidan 155 078,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 108,6 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi (mlrd so‘m):
Navoiy shahri – 133 460,4 mlrd
Zarafshon shahri – 735,3 mlrd
G‘ozg‘on shahri – 188,5 mlrd
Karmana tumani – 10 537,0 mlrd
Konimex tumani – 737,1 mlrd
Qiziltepa tumani – 1 421,4 mlrd
Navbahor tumani – 1 062,5 mlrd
Nurota tumani – 475,5 mlrd
Tomdi tumani – 79,1 mlrd
Uchquduq tumani – 369,6 mlrd
Xatirchi tumani – 1 449,4 mlrd




