O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi B. Hamrayev Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif chog‘ida viloyat shtabi faoliyati o‘rganilib, hududlardagi tashkiliy ishlar va mas’ul idoralar faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, xodimlarni tayyorlash, aholini xabardor qilish bo‘yicha takliflar o‘rganildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.



