O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi vakili Sh. Norqulov Karmana tumanida olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Amaliy o‘rganish jarayonida tumandagi mahallarning joylashuvi, xarita asosidagi taqsimoti, ro‘yxatga olishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar hamda shtabning ish yuritish faoliyati o‘rganib chiqildi.




