04/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Karmana tumanida ham amaliy ishlar davom etmoqda.

“Turonbank” ATB vakillari Karmana tumaniga biriktirilgan mas’ullar bo‘lib, joriy yilning 3-noyabr kuni tuman hokimligi binosida joylashgan “Ro‘yxatga olish shtabi” faoliyati bilan tanishdi.

Jarayon davomida mutasaddilar shtabda olib borilayotgan tashkiliy ishlar, xodimlarning tayyorgarlik holati, texnik vositalar bilan ta’minlanish darajasi, shuningdek, mahallalar kesimida ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlarini atroflicha o‘rgandilar.

Shu bilan birga, aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish, so‘rovnomalarni elektron tarzda to‘ldirish, ma’lumotlarning to‘g‘riligi va maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech