31/10/2025

Joriy yilning 31-oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentning 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni mazmun-mohiyati keng yoritildi.

Yig‘ilishda A. Murodov so‘zga chiqib, korrupsiyaning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda halollik tamoyillarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida, shuningdek, “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirining ahamiyati va mazmun-mohiyati haqida ham so‘z yuritildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech