13/10/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida 7,7 trln so‘mlik sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 trln so‘mga oshgan.

Sug‘urta xizmatlari hajmida eng katta ulushni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sug‘urtalash, yuk va mulkni sug‘urtalash va boshqalar egalladi. Mazkur xizmatlarning ulushi 81 % ni tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-avgust oylarida qayta sug‘urtalash xizmatlari 13,9 % ni, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ulushi esa 5,1 % ni tashkil etdi.

s

Tugmani bosing Tinglash GSpeech