2025-yil 6-oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tarmoq bo‘lim boshliqlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–176-sonli Farmoni “Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan navbatdagi huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Farmonda belgilangan asosiy yo‘nalishlar, jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha boshqarmaning bosh yuristkonsultanti A. Murodov tomonidan batafsil tushuntirib berildi.
Mazkur targ‘ibot ishlari tizim xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish hamda tadbirkorlik sohasidagi islohotlar mohiyatini chuqur anglashga xizmat qiladi.