Viloyat statistika boshqarmasi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Navoiy viloyati jahonning 79 ta davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 1 142,7 mln AQSH dollariga yetkazdi.
2024-yilning mos davriga nisbatan TSA hajmi 22,6 mln AQSH dollarga yoki 2,0 % ga ko‘paydi.
Tashqi savdoda yetakchi hamkor davlatlar ulushi:
Fransiya – 53,4 %
Xitoy – 12,5 %
Rossiya – 7,8 %
Hindiston – 4,2 %
Qozog‘iston – 3,7 %
Eksport – 868,8 mln AQSH dollar
Import – 273,9 mln AQSH dollar