15/08/2025

2025-yil 15-avgust kuni Milliy statistika qo‘mitasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi xodimi D. Mamajanov hamda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i M. Baxromov tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi jarayoni o‘rganildi.

Mutaxassislar Navoiy shahri, Go‘zg‘on shahri, shuningdek Navbahor va Nurota tumanlarida bo‘lib, tanlanma kuzatuv ishlarida bevosita ishtirok etdilar.

Kuzatuv davomida xonadon egalari bilan suhbatlar o‘tkazilib, kuzatuvning maqsad va vazifalari tushuntirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech