Bugun, 2025-yil 8-avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida o‘z fidoyiligi, mas’uliyati va sadoqati bilan statistika tizimida munosib o‘rin egallagan tajribali ustoz — Navbahor tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Yo‘ldosh Mustafoyev nafaqaga kuzatildi.
Tadbir davomida ustoz xodimning kasbga sadoqati, fidokorona mehnati hamda statistika tizimida yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi xizmatlari yuksak e’tirof etildi.
Muloqot davomida Yo‘ldosh Mustafoyevga Milliy statistika qo‘mitasining Tashakkurnomasi, shuningdek, Boshqarma kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yakunida hamkasblari tomonidan samimiy tilaklar bildirilib, ustozga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.