08/08/2025

2025-yil 8-avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Har oyda bitta kitob o‘qiymiz” tashabbusi doirasidagi navbatdagi – uchinchi bosqich kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.

 Tadbirda boshqarma hamda hududiy bo‘limlar xodimlari ishtirok etib, o‘zlari tomonidan o‘qib chiqqan kitoblar bo‘yicha asarlar mazmun-mohiyati, asosiy g‘oyasi va hayotiy saboqlari haqida fikr bildirishdi.

 Mazkur tashabbus xodimlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech