Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 151,3 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 % ga oshgan.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha ularning hajmi quyidagicha:
fermer xoʻjaliklarida – 463,9 ming tonna
dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida – 661,3 ming tonna
qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 26,1 ming tonna