06/08/2025

2025-yilning yanvar–iyun oylarida Navoiy viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 6 205 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich xizmatlar sohasining umumiy hajmidagi ulushda 54,8 % ni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 111,2 % ga o‘sdi.

Hududlar kesimida esa eng yuqori ulush quyidagi tumanlarda kuzatildi:

 Xatirchi tumani – 81,3 %

 Uchquduq tumani – 80,9 %

 Nurota tumani – 78,1 %.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech