2025-yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 87 455,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 109,3 % ni tashkil etdi.
Tarmoqlar bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi:
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 10 838,4 mlrd so‘m;
Ishlab chiqarish sanoati – 72 690,7 mlrd so‘m;
Elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 3 723,4 mlrd so‘m;
Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 203 mlrd so‘mni tashkil etdi.