22/07/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida veterinariya xizmatlari hajmi 151,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Mazkur ko‘rsatkich  2024-yilning mos davriga nisbatan 18,9 % ga o‘sgan.

Ushbu xizmat turining jami hajmida Toshkent shahrining ulushi 46,4 % (70,1 mlrd so‘m) ni tashkil etgan.

Hududlar kesimida veterinariya xizmatlarining o‘sish ko‘rsatkichlari:

Andijon viloyatida – 56,3 %;

Toshkent viloyatida – 31,4 %;

Surxondaryo viloyatida – 25,2 %;

Namangan viloyatida – 21,6 %;

Farg‘ona viloyatida – 21,4 %;

Samarqand viloyati – 19,8 %;

Buxoro viloyati – 19,1 %;

Navoiy viloyati – 17,1 %;

Qoraqalpog‘iston Resp. – 16,6 %;

Xorazm viloyati – 16 %;

Toshkent shahri – 12,6 %;

Qashqadaryo viloyati – 11,9 %;

Jizzax viloyati – 10,7 %;

Sirdaryo viloyati – 10,2 % qayd etilgan.

800x600-px-razmer-khizmatlarga_p99729

Tugmani bosing Tinglash GSpeech