2025-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi 67 892,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,9 % ga oshgan.
Navoiy viloyatining aholi jon boshiga YAHM hajmi va o‘sish sur’atlari yillar kesimida, yanvar-iyun:
2023-yil – 35 045,7 ming so‘m (102,9 %);
2024-yil – 48 472,8 ming so‘m (107 %);
2025-yil – 61 777,4 ming so‘m (106,1%) ni tashkil etgan.