Joriy yilning 21- iyul kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida amaliyot oʻtayotgan talabalar uchun targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda talabalarga “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–4276-sonli Prezident qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar olib borildi.

Huquqiy axborotni yetkazish ishlari A. Murodov tomonidan amalga oshirildi.



