Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2025- yilning 1- iyul holatiga viloyatimizda jami 2 837 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi:
Navoiy shahri – 560 ta
Zarafshon shahri – 103 ta
G‘ozg‘on shahri – 47 ta
Konimex tumani – 118 ta
Qiziltepa tumani – 254 ta
Navbahor tumani – 442 ta
Karmana tumani – 683 ta
Nurota tumani – 192 ta
Tomdi tumani – 23 ta
Uchquduq tumani – 33 ta
Xatirchi tumani – 382 ta.