2025- yilning 1-iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 294 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 356 tani tashkil qildi (ulushi 16,5 %).
Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Navoiy shahri – 555 ta
Xatirchi tumani – 493 ta
Zarafshon shahri – 452 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 253 ta
sanoat sohasida – 511 ta
qurilish sohasida – 157 ta
savdo sohasida – 1 647 ta
tashish va saqlash sohasida – 39 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 266 ta
axborot va aloqa xizmatlar sohasida – 57 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 82 ta
boshqalar – 344 ta.