2025-yil 7-iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-sonli Farmoni — “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Tushuntirish ishlarini boshqarma yuriskonsulti A. Murodov olib bordi. U Farmon asosida davlat fuqarolik xizmatini isloh qilish, xodimlarning kasbiy mahorati va samaradorligini oshirish, shuningdek, halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish masalalarini atroflicha yoritdi.
Tadbir davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi. Farmonning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy jihatlar va vazifalar alohida ta’kidlandi.
Bunday targ‘ibot-tashviqot ishlari boshqarma xodimlarining huquqiy savodxonligi va bilimini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.