2025- yil 2- iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼul xodim tomonidan Davlat gerbidagi ramzlar va ularning tarixiy-maʼnaviy mazmuni haqida maʼruza qilindi.
Tadbir davomida xodimlar davlat ramzlarining ahamiyati, vatanparvarlik tuygʻusi hamda fuqarolik burchi kabi mavzularda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Bunday tadbirlar xodimlar ongida milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.