18/06/2025

Joriy yilning 16-18-iyun kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining  Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) tashabbusi bilan Shveysariyaning Jeneva shahrida Yevropa statistiklari konferensiyasining 73-yalpi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda 54 ta mamlakatning statistika idoralari rahbarlari hamda 15 ga yaqin xalqaro tashkilot vakillari qatnashmoqda. Konferensiyada Oʻzbekistondan Milliy statistika qoʻmitasi raisi Behzod Saylixonovich Hamrayev ishtirok etmoqda.

Unda rasmiy statistikani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, xususan, milliy statistika idoralarining oʻzgaruvchan maʼlumotlar muhitidagi roli, maʼlumotlardan notoʻgʻri foydalanish va dezinformatsiyaga qarshi choralar, migratsiya statistikasi va metodologiyalarni takomillashtirish kabi mavzular muhokama qilinmoqda.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 22-aprel kuni Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Statistika Komissiyasining 2026–2029-yillarga aʼzo davlatlarini saylash jarayonida tarixda ilk marta Oʻzbekiston ushbu organ aʼzosi etib bir ovozdan saylangan edi.

Konferensiya ishiga doir qoʻshimcha maʼlumotlar keyingi yangiliklarda yoritiladi.

g

Tugmani bosing Tinglash GSpeech