05/06/2025

Qurbon hayiti – taqvimdagi eng ulug‘ va mo‘tabar sanalardan biri bo‘lib, u har bir musulmon qalbida ezgulik, saxovat va insonparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Ushbu muborak bayram munosabati bilan Navoiy viloyat Statistika boshqarmasi tomonidan ehtiyojmand oilalar, boquvchisini yo‘qotganlar va yolg‘iz yashovchilarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat xayriya yordamlari tarqatildi.

Mazkur ezgu tashabbus jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va insoniylik fazilatlarini mustahkamlab, barchani xayrli ishlar sari undaydi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech