Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025-yilning 1-may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 37 105 tani tashkil etdi.
Ularning soni yil boshidan buyon 840 taga oshgan.
Shuningdek, ular tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi savdo sohasiga (40,3 %) to‘g‘ri kelmoqda va ular sohalar kesimida quyidagicha:
savdo sohasida – 14 941 ta
sanoat sohasida – 8 376 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 7 067 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 517 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 620 ta
tashish va saqlash sohasida – 337 ta
qurilish sohasida – 291 ta
axborot va aloqa sohasida – 238 ta
boshqa sohalarda – 2 718 ta