Navoiy viloyati statistika boshqarmasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi M.Yuldasheva mamlakatimizda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik bosqichida ishtirok etish va shu orqali oʻz malakasini oshirish maqsadida joriy yilning 05-30-may kunlarida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasida xizmat safarida boʻldi.
Xizmat safari davomida Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi ekspertlar guruhi bilan uchrashuvda ham ishtirok etib, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga doir xalqaro tajribalar bilan tanishdi.
Xizmat safari davomida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishning metodik va uslubiy hujjatlari hamda dastur va savolnoma shakllaridagi savollar, roʻyxatga olishning boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlari bilan batafsil tanishdi.