Joriy yilning 29-may kuni Milliy statistika qo‘mitasida Jahon banki vakillari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat mas’ul xodimlari va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Asad Alam, iqtisodiy siyosat bo‘yicha global amaliyot rahbari Antonio Nusifora, O‘zbekistondagi dastur koordinatori Anastasiya Aleksandrova, iqtisodiy farovonlik dasturi menejeri Devid Nayt, makroiqtisodiyot, savdo va investitsiyaviy global amaliyoti katta iqtisodchisi Pinar Yasharlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida bajarilgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar hamda boshqa hamkorlik masalalari muhokama qilindi.