Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2025- yilning 1- may holatiga Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 488 tani tashkil etib, 2025- yilning yanvar-aprel oylarida bu sohada 168 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
Xatirchi tumanida - 38 ta
Qiziltepa tumanida - 28 ta
Navbahor tumani - 19 ta
Nurota tumanida - 19 ta
Karmana tumanida - 23 ta
Konimex tumani - 14 ta.