Joriy yilning 8-may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimiz ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksa avlod vakillari, nuroniylar va mehnat faxriylari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari va xodimlar qatnashdi. Dastlab, Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, bu kunning jamiyatimizdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, faxriylar hayoti, ularning yurt taraqqiyoti yo‘lidagi mehnat yo‘llari, o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilgan yillari yodga olindi.
Faxriylar tadbir ishtirokchilari bilan o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, yurt va xalq manfaati yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlari hamda saboqli hayot yo‘llari haqida samimiy fikr va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi. El-yurt ravnaqi uchun qilinayotgan har qanday mehnat – eng ulug‘ qadriyat ekani ta’kidlandi.
Samimiy muloqot va mehr-muruvvat ruhida o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida esa faxriylar bilan esdalik uchun umumiy suratga tushildi.