05/05/2025

2025-yil 5-may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tarmoq bo‘limlari boshliqlari va xodimlar ishtirokida “Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1060-sonli Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda ushbu qonun hujjatida belgilangan asosiy normalar, xususan garov bilan ta’minlangan talablarni qanoatlantirish tartibining huquqiy asoslari hamda amaliy mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Targ‘ibot davomida qonundagi muhim yangiliklar — garov predmetining hisobga olinishi, ustuvorlik tartibi, majburiyatlarning taqsimlanishi hamda sud amaliyotidagi huquqiy aniqlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘zgartirishlar atroflicha tushuntirib berildi.

 

 Tadbir yakunida ishtirokchilarning qonunchilikdagi yangiliklardan boxabar bo‘lishi, ularni o‘z faoliyatida to‘g‘ri qo‘llashi uchun zarur bo‘lgan huquqiy maslahatlar va metodik tavsiyalar berildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech