2025-yil 30-aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tarmoq bo‘limlari boshliqlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6013-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Farmonning asosiy yo‘nalishlari, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat organlarida halollik tamoyillarini mustahkamlash borasidagi muhim jihatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaga olib keluvchi omillarni bartaraf etish, xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, xizmat intizomi va javobgarlik masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.