Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 129,9 mlrd soʻmga yetdi.
Bu koʻrsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 13,1 % ga oshgan.
2025- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4 676,3 ming soʻmga yetdi.
Bu koʻrsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 11,1 % ga oshgan.