17/03/2025

 Navoiy viloyati, Karmana tumani "Malik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Yashil Makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur ekologik tashabbusga munosib hissa qo‘shish maqsadida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, hududda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Ushbu tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi bo‘lib, jamiyat hayotida katta ahamiyat kasb etadi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki fuqarolarning tabiatga bo‘lgan munosabatini yanada mas’uliyatli qilishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech