28/02/2025

Turar-joy va binolarni raqamlashtirish aholini ro'yxatga olish jarayonida muhim bosqich hisoblanadi. Bu jarayon aholining aniq va tizimli ro'yxatga olinishi bilan bir qatorda, turli sohalarda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Navbahor tumani “Qorajon” mahalla fuqarolar yigʻinidagi turar-joy va binolarning raqamlanganlik holati oʻrganildi.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari davomida turar-joy va binolarning raqamlanganlik holatini o‘rganish muhim qadamdir, chunki u aniqlik va to‘g‘ri ma'lumotlarni yig‘ishni ta’minlaydi.

Bu jarayon aholini ro‘yxatga olishda aniqlikni ta’minlashga, har bir fuqaroni va turar-joyni qamrab olishga yordam beradi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech