12/02/2025

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 56,9 ming tonna sut yetishtirilgan.

 Ushbu koʻrsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,1 % ga oʻsgan.

Sut yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xatirchi tumani (33,1 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

 Shuningdek, Qiziltepa (20,5 %), Navbahor (17 %) va Karmana (14,6 %) tumanlarida ham sut yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech