Joriy yilning 23- yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida "Sog‘ tanda – sog‘lom fikr" shiori ostida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi.
Ushbu sport tadbiri xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aqliy salohiyatni rivojlantirish va jamoaning birligini yanada mustahkamlashga qaratilgan qadamdir.
Bu kabi aqliy sport turi musobaqalari xodimlarning nafaqat ishda, balki boshqa sohalarda ham faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar maxsus diplomlar, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.