25/12/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi bilan ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha 2019-yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasida salmoqli natijalarga erishildi. Xususan, O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar sohasida ishonchli me’yoriy-huquqiy baza shakllantirilib, yangi va zamonaviy Ochiq ma’lumotlar portali (data.egov.uz) yaratildi. 2019-2024-yillarda “O‘zbekistonda davlat organlari faoliyatining ochiqligini oshirish va ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirish” mavzusida o‘quv kurslari o‘tkazilib, ularda davlat organlari va idoralarida ochiqlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan 1200 dan ortiq xodim malaka oshirdi.

obse_p63896

2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi ko‘magida ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirish va mamlakatimizda gender ma’lumotlarining ochiqligini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar tashkil etildi.

2024-yil 26-28-yanvar kunlari Yangi O‘zbekiston universitetida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan har yili o‘tkaziladigan Open Data Challenge Xakatoni tanlovi tashkil etildi.

1_-24_12_24_p41686

2_-24_12_24_p54234

2024-yilning fevral-mart oylarida Statistika agentligi xodimlari YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Statistika komissiyasining 55-sessiyasida ishtirok etdi.

3_-24_12_24_p58722

4_-24_12_24_p37820

2024-yil boshida Open Data Watch xalqaro tashkiloti Gender Data Compass yangi reytingini e’lon qildi. Ushbu reytingda 2023-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 185 davlat orasida 56-o‘rinni egalladi. “Gender Data Compass” ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni o‘z ichiga olgan gender ma’lumotlarining keng ko‘lamini taqdim etadi. Gender ma’lumotlari tizimlarini har tomonlama ko‘rib chiqish, milliy statistika idoralari va ularning hamkorlari uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi, gender tengligiga erishishda yo‘nalish va yordam beradi.

5_-24_12_24_p89768

Bugungi kunda Open Data Inventory (ODIN) ochiq maʼlumotlar reytingiga koʻra, Oʻzbekiston 70 ball toʻplagan holda dunyoda 30-oʻrinni egallab turibdi. Mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar va gender ma’lumotlarini yaxshilash maqsadida 2024-yil aprel oyida xalqaro ekspertlar O‘zbekistonga taklif qilingan edi. Ekspert tashriflari YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida tashkil etildi.

6_-24_12_24_p84877

2024-yil 16-aprel kuni “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda Oʻzbekistonda inklyuziv boshqaruv va qarorlar qabul qilish yo‘lida ochiq gender maʼlumotlarini takomillashtirish boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, xalqaro tashkilotlar vakillari, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari, shuningdek, soha bo‘yicha vazirlik va idoralar vakillari, qator tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.

7_-24_12_24_p71657

2024-yilning 16-19 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida xalqaro ekspertlar ishtirokida bir qator seminarlar tashkil etildi. Shuningdek, joriy yilning 18-aprel kuni Toshkent viloyati Statistika boshqarmasida seminar tashkil etildi. Tadbirda Statistika agentligi mutaxassislari va boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etdi.

8_-24_12_24_p40079

2024-yil 31-iyul O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Open Data Watch, Ochiq ma’lumotlar Xartiyasi va Women in Tech Uzbekistan tashkiloti hamkorlikda “O‘zbekistonda ochiq gender ma’lumotlarini yaxshilash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish” mavzusida xalqaro vebinar o‘tkazildi.

9_-24_12_24_p20205

10_-24_12_24_p16370

Joriy yilning 26-30 avgust kunlari Kanadaning Ottava shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi ko‘magida Kanada Milliy statistika agentligiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida ochiq maʼlumotlar bilan ishlashda Kanada statistikasining tajribasi, statistik standartlardan foydalanish va metamaʼlumotlarni tarqatish, Kanadaning Ochiq ma’lumotlar portali va unga ma’lumotlar to‘plamlarini joylashtirish, Kanadaning Milliy statistika agentligi tomonidan Ochiq ma’lumotlarni qabul qilish jarayonlari va ochiq ma’lumotlarga o‘tish davrida qabul qilingan o‘zgarishlar, Kanadaning Milliy statistika agentligi ma’lumotlarini muvofiqlashtirish va almashish tajribasi, geofazoviy ma’lumotlar va ularni muvoviqlashtirish, infratuzilma loyihasini rejalashtirish vositasi, Kanadaning o‘zaro bog‘langan ochiq maʼlumotlar muhiti, bitta ochiq ma’lumotlar bazasi ostida binolar va korxonalar ma’lumotlar to‘plamini yig‘gan va uyg‘unlashtirgan tashabbus, Ochiq Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) sari erishilgan yutuqlarni nashr etish uchun ochiq manba platformasi kabi ilg‘or tajribalari o‘rganildi.

11_-24_12_24_p72539

2024-yilning 2-11 dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida oʻquv-treninglar kurslari tashkil etildi. Treninglarda: “Ochiq maʻlumotlar” tushunchasi, mashinada oʻqiladigan formatlar, ochiq maʻlumotlar portallari, “Ochiqlik indeksi”, mamlakatimizning ochiq maʻlumotlar sohasida oxirgi yillarda erishgan natijalari va bu sohadagi mavjud boʻlgan muammolar muhokama qilindi. Treninglarda 73 ta vazirlik va idoralarning ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan 200 nafardan ziyod vakillari ishtirok etdi.

12_-24_12_24_p25281

13_-24_12_24_p47904

Tugmani bosing Tinglash GSpeech