25/12/2024

Joriy yilning 25- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshligʻi A. Tashnazarov soʻzga chiqib, tizim xodimlarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi va 2024- yildagi erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, xodimlarga boshqarma rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan yangi yil sovgʻalari topshirildi.

Tadbir davomida statistika sohasida samarali va fidokorona mehnati, oʻz xizmati vazifasiga boʻlgan sadoqati hamda soha rivojiga qoʻshgan munosib hissasi uchun bir guruh xodimlar Tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech